Ortga qaytmoq Chop etmoq

Arnasoy tumani 1-sektor hududidagi mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

So‘nggi yetti yilda mahalla tizimni takomillashtirishga doir yuzga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat ta’sirchan tuzilma faoliyati yo‘lga qo‘yilib bugun yuqori samara berayotir. 

Bu borada Arnasoy tumani hokimi, 1-sektor rahbari Odil Musanov va tuman Xalq qabulxonasi mudiri Bekmurod Norovlar tumanning 1-sektor hududi bo‘lgan “Gulbahor”, “Do‘stlik”, “Tinchlik” va “Cho‘lquvar” mahallalarida bo‘lib, “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha o‘rgandi. 

Dastlab, mahalla tayanchi bo‘lgan “mahalla yettiligi” a’zolarining ishga mas’uliyat bilan yondashishi hamda ishga kelib ketish davomida aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlarni bartaraf qilish chora-tadbirlari borasida qilinayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. 

Shundan so‘ng, qishloq xo‘jaligi sohasida faqatgina tarvuz-qovun yoki mosh ekinlarini ekish emas, balki, ser daromadli yangi turdagi ekinlarni joriy qilish va aholiga keng imkoniyatlar yaratish borasida tushunchalar berib o‘tildi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarga ham e’tibor qaratildi. Bunda mahallalarda aholi tomonidan chiqarilgan maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotganligi sababli chiqindilarning to‘planib qolinishi, qish mavsumida aholini suyultirilgan gaz ballonlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘la qonli qondirish borasida  kelib tushgan murojaatlar nazoratga olinib tez fursatda bartaraf etish choralari ko‘rildi. 

Shuningdek, yangi yil arafasida ehtiyojmand aholi xonadonlaridan xabar olish, homiylar tomonidan yangi yil sovg‘alarni ulashish borasida takliflar ilgari surildi. 

Arnasoy tuman hokimi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini nazorat qilish borasida tashriflar davom etmoqda.