Ortga qaytmoq Chop etmoq

ARNASOY TUMANI 1-SEKTOR HUDUDI DO‘STLIK MAHALLASIDA SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi 2017-yil 11-sentyabrdagi 445-sonli Qonuniga asosan bugun Arnasoy tumani 1-sektor hududi “Do‘stlik” mahallasida “Do‘stlik” va “Gulbahor” mahalla aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabulda Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Arnasoy tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bekmurod Norov va sektor rahbari, tashkiloti rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda davomida ichki yo‘llar, elektr energiyasi, suyultirilgan gaz ballonlari, yo‘lovchilar uchun uchun bekat o‘rnatish, tibbiyot, ko‘mir  bog‘lik 15 ta masalalar bo‘yicha aholi murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalarning 10 tasi joyida hal etildi. Vaqt va mablag‘ talab etadigan 5 ta murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.

Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati