Ortga qaytmoq Chop etmoq

XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHINING YETTINCHI CHAQIRIQ BESHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Arnasoy tumani hokimligida Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Arnasoy tumani kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi Odil Musanov ochib berdi va kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan so‘zga chiqqan rahbarlarning axborotlari tinglandi.

Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan “Arnasoy tuman prokuraturasining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024-yil mobaynidaga faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida”gi, “Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2024-yil davomida hududda jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida”gi, “Tuman xalq qabulxonasi mudirining sektorlar va hududiy tashkilotlar rahbarlari hamda hokim yordamchilari tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida”gi, “Tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining 2024-yilning 4-choragida hududda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axboroti haqida”gi, “5-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan maqsadlarning ijrosi va sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishi bo‘yicha tumanda atrof-muhitni muhofaza qilish holati yuzasidan tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida”gi, “Inson ijtimoiy xizmatlar markazining 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida”gi, “Tuman mahallalar uyushmasining mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining 2024-yildagi ijrosi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi hamda doimiy komissiyalarining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Tuman hokimining sessiya oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, “Tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi masalalar deputatlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashi  deputatlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Sessiya yakunda xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati