Ortga qaytmoq Chop etmoq

Xitoy Xalq Respublikasining “Henan Aquatic Flowers” MCHJ korxonasini rahbari Tong Yintao bilan memorandum imzoland

Avval xabar berganimizdek, Arnasoy tumanida tuman iqlim sharoitidan kelib chiqib, gulchilik va meva – sabzavotchilik yetishtirishni yo‘lga qo‘yish borasida Xitoylik investorlar tumanda “Henan Aquatic Flowers” MCHJ korxonasini tashkil etgan edi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Arnasoy tuman zaxirasidagi bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 510 gektar yer maydoni “Elektron-onlayn auksion” platformasiga qo‘yildi. Xitoylik investorlar ushbu yer maydoni 9,6 mlrd  so‘mga “Elektron-onlayn auksion” platformasi orqali 30-yilga ijaraga yutib oldi.

Jumladan, tumanda gulchilik va meva – sabzavotchilik yetishtirishni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov va “Henan Aquatic Flowers” MCHJ korxonasini rahbari Tong Yintao bilan muzokaralar olib borilib memorandum imzolandi.

Tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, “Henan Aquatic Flowers” MCHJ korxonasi tomonidan gulchilik va meva – sabzavotchilik yetishtirish keng yo‘lga qo‘yilishi orqali 150 nafar aholi bandligi ta’minlanib, yillik quvvati 1 mln 700 ming dona manzarali gullar yetishtirish uchun 20,0 mln dollarni tashkil etayotganligi qayd etildi.


Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati