Ortga qaytmoq Chop etmoq

Arnasoyda 7-sonli umumtaʼlim maktabi yangi taʼmirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda yurtimizda yoshlarning sifatli taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biriga aylandi.

Ayniqsa, maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanib, bu borada tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Sohada olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida Arnasoy tumanida 2024-yilda taʼlim-tarbiya dargohlarida qurilish, taʼmirlash ishlari olib borilayotgani bu sohaning naqadar muhimligi, ilmga, bilimga berilayotgan eʼtiborning yuksakligini belgilab berdi. “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan yuksak gʻoya asosida umummilliy taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu bois, Arnasoy tumanidagi 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi yillar davomida taʼmirtalab holga kelib qolganligi bois, dastur asosida 5 mlrd 600 mln soʻm mablagʻ ajratilib “Boʻston montaj taʼmiri” MCHJ tomonidan kapital taʼmirlab berildi. 

Mazkur maktabning ochilishida Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov ishtirok etib, – Amalga  oshirayotgan islohotlarning barchasi ertangi kunimizda farzandlarimizning farovon yashashi, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishi, jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardir deya taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng, maktabning iqtidorli yoshlari va sport sohasida yaxshi natijalarga erishgan oʻquvchi yoshlar sovgʻalar bilan taqdirlandi va boshlangʻich sinf oʻquvchilarni kitobga boʻlgan mehr-muhabbatini oshirish uchun qiziqarli ertak kitoblar sovgʻa qilindi.

Oʻquvchilarning zamonaviy sharoitda puxta taʼlim olishlariga xizmat qiluvchi ushbu yangi zamonaviy koʻrinishda taʼmirlangan maktab binosi oʻzining tashqi koʻrinishi bilan mahallaga ham koʻrk bagʻishlamoqda.