Ortga qaytmoq Chop etmoq

O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi “«Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” gi QO‘RQ-1032-sonli Qonuni mazmun va mohiyati haqida

O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 20-fevraldagi “«Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida” gi QO‘RQ-1032-sonli Qonuni mazmun va mohiyati haqida

Keyingi yillarda mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan energiyaning hosil qilinishi va sarflanishini barqarorlashtirishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida chet yel tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishni soddalashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Biroq energiya resurslari iste’molchilari tomonidan to‘lov intizomi darajasining pastligi issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar tomonidan iste’molchilarga energiya resurslari barqaror yetkazib berilishini hamda sifatli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash uchun yetkazib berilgan energiya uchun to‘lov bo‘yicha qarzlarni o‘z vaqtida undirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Bundan tashqari «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida chet yel tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji to‘lanishi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga akkreditatsiyaning qaysi davri uchun davlat boji to‘lanishi aniqlashtirilmoqda.

Ushbu Qonun bilan «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha va iqtisodiy sudlarga murojaat qilinganda issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar davlat bojini to‘lashdan ozod yetilishini, shuningdek ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad yetilgan taqdirda mazkur davlat bojini ushbu yetkazib beruvchilardan undirish imkoniyatini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek chet yel tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilishda davlat bojini to‘lash har bir yil uchun amalga oshirilishini aniqlashtiruvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Davlat boji to‘g‘risida»gi QO‘RQ-600-sonli Qonuniga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur Qonun iste’molchilar tomonidan qarzlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga, aholining sifatli issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga, shuningdek chet yel tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji to‘lash tartibini aniqlashtirishga xizmat qiladi.

A.Xomidov

Jizzax viloyat sudi sudyasi

SH.Eshimov

Jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudi raisi