Telefonlar:
(0372) 372-10-10
(72) 223-11-11
Arnasoy tumani hokimligi » Tuman yangiliklari » Aholini ro‘yxatga olishning davriy jihatlari

Aholini ro‘yxatga olishning davriy jihatlari

10 апрель 2025, Четверг
24
0

 Mamlakatimizda aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olish bugungi kunning eng muhim dolzarb masalalardan biridir. Aholini ro‘yxatga olish 2023-yilda o‘tkazilishi kerak edi, lekin ob’ektiv sabablarga ko‘ra qoldirildi.

 Bugungi kunda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshirish 2025-2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Aholini ro‘yxatga olish natijalarini tayyorlash va e’lon qilish ishlarini amalga oshirish 2026-2027-yillarga mo‘ljallanmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini quyidagi yo‘nalishlarda tizimli davom ettirilmoqda:

 -aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlash;

 -2021 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;

 -xalqaro tajriba va ekspertlarning tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimini takomillashtirish;

 -«STATA» amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;

 -aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish. 

 Shuningdek, Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxat olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etishda quyidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan:

 -2024-2025-yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirishga doir uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;

 -2024-2025-yillarda 2022 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari asosida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish savolnomalari shaklini takomillashtirish;

 -2024-2025-yillarda Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish;

 -2025-2026-yillarda Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

 -2027-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.


Arnasoy tumani Statistika bo'limi

Muhokama qiling
Fikr qo'shing
Fikr (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar