Arnasoy tumani hokimi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar muammolarini oʻrganmoqda

Bu borada sektor rahbarlari, mahallalar yettiligi aʼzolari va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorlikda ish olib borishmoqda.
Arnasoy tuman hokimi 1-sektor rahbari Odil Musanov, mahalla yettiligi aʼzolari va mutasaddi tashkilotlar 1-sektor hududidagi “Tinchlik” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalar muammolarini xonadonma-xonadon yurish orqali oʻrganmoqdalar.
Oʻrganish davomida har bir oila aʼzolari bilan suhbatlar tashkil etilib, ularning qiziqishlari yuzasidan takliflari tinglanmoqda.
Xonadonma-xonadon yurish orqali aniqlangan muammo va kamchiliklarni hal etish yuzasidan sektor rahbariyati, tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida chora-tadbirlar belgilab olindi.
Muhokama qiling
Shuningdek o'qing:
Fikr (0)