Arnasoy tumanining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida
Arnasoy tumanining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-,24-moddalari, Byudjet kodeksining 27-,99-moddalari,
“2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1011-son qonuniga va xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi VII-4032-3-0-K/24-sonli qaroriga muvofiq hamda Jizzax viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 26-dekabrdagi 01-20-08-02-39/186-sonli xatini inobatga olib, xalq deputatlari Arnasoy Kengashi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1011-sonli qonuni hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2024-yil 26-dekabrdagi VII-4-032-3-0-K/24-son qarori (keyingi o‘rinlarda qaror deb yuritiladi) rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarorga muvofiq, Arnasoy tumani mahalliy byudjetining 2025-yilgi daromadlari 36 301 393,0 ming so‘m, respublika byudjetidan tuman mahalliy byudjetiga ajratiladigan transfert miqdori 38 494 307,0 ming so‘m va xarajatlari esa 74 795 700,0 ming so‘mga ma’lumot uchun qabul qilinganligi, shuningdek Arnasoy tumani mahalliy byudjetining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida turgan byudjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 298 000,0 ming so‘m etib belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Tuman mahalliy byudjeti daromadlarining 2025-yil uchun asosiy prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq hamda 2025-yilda umumdavlat soliqlaridan tuman mahalliy byudjetiga ajratmalar me’yori 2-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetidan 2025-yilda hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan xarajatlarning umumiy cheklangan miqdorlari 3-ilovaga muvofiq, tuman mahalliy byudjetining 2025-yil daromadlari va xarajatlarning chegaraviy hajmi 4-ilovaga muvofiq, shuningdek tuman byudjeti yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman mahalliy byudjeti zaxira jamg‘armasi hajmi 2025-yil uchun 784 763,0 ming so‘m miqdorida belgilansin. Bunda, zaxira jamg‘armasi mablag‘larini amaldagi byudjet qonunchiligiga muvofiq, byudjet tizimi byudjetlari shakllantirilayotganda oldindan nazarda tutib bo‘lmaydigan xarajatlarni, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik yuzaga kelgan vaziyatlarda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi ta’minlansin.
5. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutloq miqdorda 1 gektar yer uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 6-ilovaga, jismoniy shaxslar bo‘yicha (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallagan yerlardan tashqari) mutloq miqdorda 1 m2 uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlar 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Z.Ismatov, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (M.Eshboyev), tuman soliq inspeksiyasi (N.Otaqulov) bilan birgalikda 2025-yil mahalliy byudjeti uchun belgilangan ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
7. Hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlarni birinchi navbatda to‘liq rejalashtirilishi va o‘z vaqtida to‘lanishi hamda davriy jamlanma moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirilishi va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlasin.
8. Qaror rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
9. Mazkur qaror “Аrnasoy tongi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
10. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (I.Avalboyev) hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi O.Musanov
Посмотреть онлайн файл: qaror-2025-yilgi-mahalliy-byudjet.pdf