Telefonlar:
(0372) 372-10-10
(72) 223-11-11
Arnasoy tumani hokimligi » Tuman yangiliklari » Arnasoy tumani boʻyicha 2025-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmaganyerlar uchun yuridik va jismoniyshaxslarningyer soligʻi stavkalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

Arnasoy tumani boʻyicha 2025-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmaganyerlar uchun yuridik va jismoniyshaxslarningyer soligʻi stavkalariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida

27 декабрь 2024, Пятница
159
0

Arnasoy tumani boʻyicha 2025-yilda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning yer soligʻi stavkalariga hamda yuridik shaxslar uchun mol-mulksoligʻini hisoblashda koʻchmas mulklarning 1 kv.metr uchun belgilanadigan minimal miqdoriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida 

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412, 429 va 437-moddalari, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-4-033-3-0-K/24-sonli qaroriga muvofiq hamda tumandavlatsoliq inpeksiyasining2024-yil 6-dekabrdagi 21/1-03871-sonlixatini inobatga olib,Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”giqonunining 6-,24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi 

QAROR QILADI: 

1. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga asosan Arnasoy tumanida  yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmaganyerlari bazaviy soliq stavkasi 1 gektar uchun mutlaq miqdori 47,9 mlnsoʻm hamda jismoniyshaxslarga
 1 kv.metr uchun bazaviy soliq stavkasining mutlaq miqdori 387,2mln soʻmminimal miqdor belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. 

2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tumandavlat soliq inspeksiyasining hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kelgusi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tuman boʻyicha 2025-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning bazaviyyer soligʻi stavkalarining mutlaq miqdorlariga nisbatan kamaytiriluvchi va oshiriluvchi koeffisientlarni qoʻllash hamda tumanlardagi yuridik shaxslar uchun mol-mulk soligʻini hisoblashda koʻchmas mulklarga 1 kv. metr uchun belgilanadigan minimal miqdorga nisbatan kamaytiriluvchi koeffisiyentlarni qoʻllash boʻyicha takliflari inobatga olinsin. 

3. Tumanning iqtisodiy salohiyati va rivojlanishiga qarab 2025-yil uchun yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligi moʻljallanmaganyerlarining
 1 gektariga belgilanganyer soligʻining bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffisientlar miqdori va soliq stavkalari va jismoniy shaxslar boʻyicha (dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanganyerlardan tashqari) 2025-yilda tuman uchun mutlaq miqdorda 1 kv. metr uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffisientlar va soliq stavkalari1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Xalq deputatlari tuman Kengashi mahalliy byudjet prognozlarini inobatga olib, ilovaga asosan qoʻllaniladigan koeffisientlarga nisbatan tegishli hududda joylashgan mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha miqdorda kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni belgilash vakolati inobatga olinsin. 

5. Tumandavlat soliq inspeksiyasi 2025-yil uchun yuridik shaxslarning (yirik soliq toʻlovchilardan tashqari) mol-mulkiga solinadigan soliqni ushbu qaror bilan, qishloq xoʻjaligida moʻljallanmaganyerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olinadiganyer soligʻining xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan stavkalar asosida hisoblanishi va belgilangan tartibda undirilishini ta'minlasin. 

6. Ushbu qaror “Arnasoy tongi” gazetasida rasmiy e’lon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

7. Qaror 2025-yil 1-yanvardan boshlabkuchgakiradi.

8.Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilanxalq deputatalari Arnasoy  tuman Kengashining 2023-yil29-dekabrdagi “Аrnasoy tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 2024-yilga belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-50-145-3-43-K/23-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

9. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Z.Ismatov zimmasiga yuklatilsin.


qaror-soliq-stavkalari.pdf [686.79 Kb] (cкачиваний: 9)

Посмотреть онлайн файл: qaror-soliq-stavkalari.pdf


Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha mahallalar kesimida yer solig‘i stavkalari uchun 2025-yilda belgilangan koeffitsiyentlar

 

T.r.

Mahalla nomi

Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i stavkalari1 ga uchun

Jismoniy shaxslar bo‘yicha

1 kv.m uchun

(turar joylar uchun belgilangan o‘sish me’yoridan oshmagan holda)

Koeffitsiyent

(0,7 dan gacha)

 

Yer solig‘i stavkasi

2025-yil uchun

(so‘mda)

Koeffitsiyent

(0,7 dan gacha)

 

Yer solig‘i stavkasi

2025-yil uchun

(so‘mda)

1.

BaxtliMFY

0,74

35 457840.00

0,70

271,04

2.

Bobur MFY

0,87

41 686 920.00

0,90

348,48

3.

Bo‘ston MFY

0,75

35 937 000.00

0,72

278,78

4.

G‘oliblar MFY

0,87

41 686 920.00

0,90

348,48

5.

G‘afur G‘ulom MFY

0,86

41 207 760.00

0,80

309,76

6.

Gulbahor MFY

0,74

35 457840.00

0,70

271,04

7.

Do‘stlik MFY

0,73

34 978 680.00

0,70

271,04

8.

Zarafshon MFY

0,73

34 978 680.00

0,70

271,04

9.

Oltin Vodiy MFY

0,86

41 207 760.00

0,80

309,76

10.

Tinchlik MFY

0,73

34 978 680.00

0,70

271,04

11.

Chinobod MFY

0,73

34 978 680.00

0,70

271,04

12.

Cho‘lquvar MFY

0,73

34 978 680.00

0,70

271,04

13.

Yangibo‘ston MFY

0,75

35 937 000.00

0,72

278,78

 


 

 

 

 

 

 


Muhokama qiling
Fikr qo'shing
Fikr (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Foydali havolalar