Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “CHO‘LIMIZ YANA CHO‘LGA AYLANISHI MUMKIN!!! mazmundagi xabar tarqalgan edi.
Arnasoy tumandagi meliorativ holati yaxshi bo‘lgan yer maydonlari ayrim dehqon – fermer xo‘jaliklari yillar davomida yerdan oqilona foydalanmay, tashlandiq holatga kelib qolishi tufayli tuman zaxirasiga topshirib yuborish holatlari yuzaga kelgan.
Aslida tuman zaxirasidagi yer maydonlar bir paytlari unumdor va serhosil ball boniteti yuqori bo‘lgan yerlar sarasiga kirib, mirishkor dehqonlarimiz tomonidan agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida samarali bajarilib kelingan.
Endilikda, qishloq xo‘jaligi sohasida tub islohotlar amalga oshirilayotganligi tufayli yangi innovatsiya texnologiyalar orqali yerga ishlov berish agrotexnikasidan tortib sug‘orish hamda hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan amaliyoti yuqori texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘lamli ravishda olib borilmoqda.
Bu esa mehnat hajmining kamayishi va yuqori hosildorlikning oshishiga zamin yaratilib, aholi yilning to‘rt faslida ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabining qondirilishiga omil bo‘lmoqda.
Bugungi kunda Arnasoy tumanidagi tashlandiq va qarovsiz bo‘lib yotgan yerlarni ishga tushirish, unumdorligini oshirish orqali qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida onlayn savdolarga “E-auksion” elektron platformasi orqali chiqarilmoqda. Bu savdoda barchani ishtirok etish huquqi bo‘lib, hozirgi kunda onlayn savdolarga, ya’ni “E-auksion” elektron platformasiga qo‘yilgan yer maydonlarning ayrimlarini Xorijiy investorlar tomonidan 30-yil muddatga ijara asosida yutib olmoqda.
Arnasoy tuman hokimligi Axborot xizmati
Shuningdek o'qing:
